Ko‘z ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?..

Ko‘z ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?..

Rossiyadagi Botkina kasalxonasi jarroh-oftalmologi Andrey Lapochkin xuddi shu masalaga alohida to‘xtalib o‘tdi. Mutaxassis aytdiki, ko‘zning ko‘rish qobiliyatini yo‘qotmaslik uchun odam gadjetlardan kamroq foydalanishi kerak. Kompyuter, smartfon, tzamonaviy televizorlarning ko‘z oralig‘idagi masofasi kamida 50 santimetr bo‘lishi talab etiladi. Ko‘rish qobiliyatimizni to‘q sariq mahsulotlar, jumladan, shu rangdagi sabzavotlar hisoblanmish sabzi, xurmo, qalampir iste’moli natijasida ham saqlab qolishimiz mumkin. Chunki shu mahsulotlarda ko‘z uchuneng zarur bo‘lgan lyutein mavjud. Yoshi 40 dan oshganlar tez-tez mutaxassis qabulida bo‘lib turishi, iloji bo‘lsa ko‘zoynak taqishi va ko‘zlarga tez-tez dam berishi talab etiladi.

Manba: hordiq.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!