Kutilmagan majlis: parlament raisining qo‘lidagi chaqaloq kimniki? (video)

Kutilmagan majlis: parlament raisining qo‘lidagi chaqaloq kimniki? (video)

Yangi Zelandiya parlament raisi Trevor Mallard qo‘lida chaqaloq bilan yig‘ilishni o‘tkazdi.

Bu holat ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini juda quvontirdi.

 

The Guardian yozishicha parlament yig‘ilishi 21 avgustda o‘tkazildi. Unda 65 yoshli spiker Mallard yig‘ilishda olti haftalik bolaga qaradi.

Mallardning so‘zlariga ko‘ra, chaqaloqning otasi - deputat xotirjam ravishda o‘z vazifasini bajarishi uchun buni amalga oshirdi.

Majlislar zalida turli qonunchilik tashabbuslari muhokama qilingan vaqtda parlament raisi bolani sutli aralashma bilan oziqlantirdi va u bilan o‘ynadi.

“Odatda, spiker kursida faqat parlament raisi o‘tiradi, lekin bugun men bilan VIP-mehmon o‘tirdi. Oilani yangi a’zosi bilan tabriklayman”, - deb yozdi Mallard Twitter’ sahifasida.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!