Kursk viloyatiga hujum Ukraina uchun vaziyatni yomonlashtiradi

Kursk viloyatiga hujum Ukraina uchun vaziyatni yomonlashtiradi

Ukraina harbiylari orasida kadrlar yetishmasligi sharoitida Kursk viloyatiga qilingan hujum Ukraina Qurolli kuchlari uchun frontning boshqa hududlaridagi noxush vaziyatni yomonlashtirishi mumkin va u “o‘zini oqlamaydi”, deb yozadi “Wall Street Journal”.

Nashrga ko‘ra, Kursk viloyatiga qilingan hujum Ukraina Qurolli kuchlari uchun “allaqachon yomon ahvolni yana ham yomonlashtirish xavfini tug‘diradi".

“Bizda o‘z vazifamizni to‘g‘ri bajarish uchun yetarli odam yo‘q”, - deydi o‘tgan hafta Krasnogorovka hududida bo‘lgan Ukraina Qurolli kuchlarining 21-batalyoni qo‘mondoni.

U batalyon yo‘qotishlarining atigi 20 foizini safarbar qilinganlar qoplaganidan shikoyat qildi. Bundan tashqari, uning aytishicha, askarlar charchagan.

Nashrga ko‘ra, Kiyev o‘z kuchlarini sharqiy frontdan Kursk viloyatiga o‘tkazib, bo‘linmalarni “bundan ham cho‘zilgan” holga keltirmoqda.

Boshqa yo‘nalishlardagi ukrainalik qo‘mondonlar artilleriya o‘q-dorilari va odamlar yetishmasligidan shikoyat qilishayotgani aytilmoqda.

“Agar bir pozisiyada besh yoki olti kishi bo‘lishi kerak bo‘lsa, bizda ikki yoki uchta bo‘ladi”, - deydi oxirgi ikki oydan beri Chasov Yar hududida joylashgan Ukraina kuchlarining 45 yoshli mayori.

Nashrda ta’kidlanishicha, boshqa yo‘nalishlarda harbiy xizmatchilar yetishmasligini hisobga olib, Ukraina harbiylari Kursk viloyatiga qilingan hujum “o‘zini oqlashiga” shubha bildirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!