Ko‘kshetauda hayit kuni nogiron onaga uy sovg‘a qilindi

Ko‘kshetauda hayit kuni nogiron onaga uy sovg‘a qilindi

Qozog‘istonning Ko‘kshetau shahrida Qurbon hayiti kuni bomdod namozi paytida birinchi guruh nogironi Gulnor Hamzinaga ikki xonalik uyning kaliti topshirildi. Bu haqda Qozog‘iston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.

Uy “Zakot” xayriya jamg‘armasi va “Nauan hazrat” masjidining qo‘shma loyihasi doirasida xarid qilindi. Loyihaga ko‘ra, istagan odam 2 ming tenge ehson qiladi, uy xaridi uchun yetarli mablag‘ to‘planganida ehtiyojmand oila mahalliy hokimlik bilan maslahatlashilgan holda tanlab olinadi.

Ma’lum bo‘lishicha, 48 yoshli Gulnor Hamzina ikki nafar voyaga yetmagan farzandini bir o‘zi tarbiyalamoqda. Uning qarindoshlari yo‘q, eri esa oilasini tashlab ketgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!