Ayol kishining suratlarini internetga qo‘yib intim xizmatlar taklif qilgan shaxs ushlandi

Ayol kishining suratlarini internetga qo‘yib intim xizmatlar taklif qilgan shaxs ushlandi

Navoiyda ayol kishining fotosuratlarini qayta ishlab, so‘ng ularni Telegramʼga qo‘ygan va intim xizmatlar taklif qilgan shaxs ushlangan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatida yashovchi (ayol) K.G. murojaat qilib, o‘zining rasmlari noma’lum shaxs tomonidan Telegramʼda tarqatib yuborganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Navoiy viloyatida yashovchi A.Z. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan A.Z. Telegramʼda jabrlanuvchi (ayol) K.G.ning sahifasidan u joylashtirgan fotosuratlarini yuklab olgan va ularga maxsus dasturlardan foydalanib ishlov bergan.

So‘ng Telegram va “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida uning nomidan soxta sahifalar yaratib, internet foydalanuvchilariga intim xizmat ko‘rsatishini aytgan holda aldov yo‘li bilan bank kartalaridagi pullarini o‘zlashtirgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan A.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 141/3-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!