Krishtianu Ronaldu — Angliya, Ispaniya va Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan ilk futbolchi
20 aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha A Seriyaning 33-turida Yuventus Fiorentina ustidan g‘alaba qozondi va Italiya chempioniga aylandi (2:1).
Bu turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduning Italiyadagi dastlabki chempionligi bo‘ldi.
Avvalroq 34 yoshli portugaliyalik Manchester Yunayted safida Angliya, Real Madrid bilan Ispaniya chempioni bo‘lgandi.
Squawka ning xabar berishicha, u 3 ta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)