Koutinyo «Bavariya»da! U qaysi raqamda o‘ynaydi?

Koutinyo «Bavariya»da! U qaysi raqamda o‘ynaydi?

«Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutinyo «Bavariya»da tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun Myunxenga keldi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli xavbek yangi jamoasida 10-raqamda o‘ynaydi.

Nemislar bir yillik ijara uchun «Barsa»ga 8,5 mln yevro to‘lashgani aytilmoqda. Shuningdek, Filippening 1 yillik maoshi – taxminan 12 mln yevro ham xaridor klub zimmasida bo‘ladi.

Klublar o‘rtasidagi kelishuvda «Bavariya» Koutinyoni 120 mln yevroga to‘la transfer qilish huquqiga egaligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Barsa» braziliyalik yarimhimoyachini 2018 yil yanvarida «Liverpul»dan 120 mln yevroga sotib olgan, xarid bitimida yana 40 million yevro bonus shaklida to‘lanishi mumkinligi belgilangan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!