Koronavirusning eng katta xavfi ma’lum bo‘ldi (FOTO)

Koronavirusning eng katta xavfi ma’lum bo‘ldi (FOTO)

AOKAdagi brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Rustam Ikromov muhim savollarga javob qaytardi:

— Uxan shahrida koronavirusdan sog‘ayganlarning 90 foizida hozir o‘pka yallig‘lanishi kuzatilmoqda ekan. Yallig‘lanishni davolash mumkinmi?

— Barcha holatlarda ham o‘pka yallig‘lanishi koronavirus tufayli kelib chiqmaydi. Pnevmoniyani davolashning samarali usullari mavjud va bu kasallikni davolasa bo‘ladi.

Koronavirusning eng katta xavfi — o‘pka fibrozi, ya’ni o‘pka chandig‘iga olib kelishidir. Bunda virus havo yetib borish klapanlarini yopadi. Natijada bemor keyinchalik yurak va nafas yetishmovchiligidan aziyat chekadi.

Koronavirusning eng katta xavfi ma’lum bo‘ldi (FOTO)

O‘pka chandig‘i uzoq yillarda tiklanadi. Gohida bir umrlik nogironlikka ham olib kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!