Koronavirusga chalinganlar shifoxonasida yong‘in chiqdi, 5 kishi halok bo‘ldi

Koronavirusga chalinganlar shifoxonasida yong‘in chiqdi, 5 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Rajkot shahrida (Gujarot shtati) koronavirusga chalinganlarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonada chiqqan yong‘inda 5 bemor halok bo‘ldi. 

Baxtsiz hodisa 27 noyabrga o‘tar kechasi yuz bergan. Yong‘in shifoxonaning jonlantirish bo‘limida chiqqan. Voqea vaqtida bu yerda 11 bemor bo‘lgan. Ulardan 6 nafarini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.
 
Hammasi bo‘lib shifoxonada 33 nafar bemor davolanayotgan edi. Evakuasiya qilingan bemorlar shahardagi boshqa shifoxonalarga o‘tkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!