Koronavirusga chalinganlar qaysi joylarda bo‘lishgan? Epidemiologik xarita tuzildi

Koronavirusga chalinganlar qaysi joylarda bo‘lishgan? Epidemiologik xarita tuzildi

COVID-19 bilan kasallanganlar mamlakatimizning qaysi hududlaridan, ular ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida davolanishni boshlashlaridan avval qaysi joylarda bo‘lishgan, ehtiyot choralarini ko‘rish uchun ular bilan muloqot ehtimolini qanday bilish mumkin?

Ushbu savollarga javob berish maqsadida vazirlikning COVID-19 bo‘yicha rasmiy sayti (http://coronavirus.uz)da “Yagona integrator UZINFOCOM” MCHJ hamkorligida yangi funksiya yaratildi.

Ya’ni birinchisi, saytda kasallik qaysi hududlarda tasdiqlanganini ifoda etuvchi xarita bilan tanishish mumkin.

Ikkinchisi esa, ushbu xarita ostida «Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlarning epidemiologik marshruti» tugmasini bossangiz bemorlarning shifoxonaga kelishlaridan avval qayerlarda bo‘lganliklarini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

«Ushbu ma’lumotlarni olgach, ehtiyotkorlik yuzasidan bu hududlarga bormaslikka harakat qiling, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang! Shifokorlarga chin dildan yordam bermoqchi bo‘lsangiz, uyda qoling!» – deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!