Koronavirus: O‘zbekistonda 200 nafarga yaqin bemor og‘ir ahvolda

Koronavirus: O‘zbekistonda 200 nafarga yaqin bemor og‘ir ahvolda

2020 yil 29 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 72 920 (+167) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
— 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 
— 3 nafari Andijon viloyatida,
— 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
— 8 nafari Namangan viloyatida,
— 40 nafari Toshkent viloyatida,
— 110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:
— Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar,
— Andijon viloyatida 2 nafar, 
— Qashqadaryo viloyatida 4 nafar,  
— Namangan viloyatida 11 nafar, 
— Toshkent viloyatida 39 nafar, 
— Toshkent shahrida 91 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 70 198 (+151) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2114 nafar bemordan 192 nafari og‘ir, 44 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!