Koronavirus! Toshkentda 10 nafar bemorning ahvoli og‘ir

Koronavirus! Toshkentda 10 nafar bemorning ahvoli og‘ir

Toshkent shahridagi ikki kasalxonada koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning jami 10 nafari og‘ir ahvolda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov «O‘zbekiston 24» telekanalidagi chiqishida ma’lum qildi.

O‘zbekistonning davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, 8 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 98 kishi davolanmoqda, ularning 25 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilmoqda, yetti nafar bemorning ahvoli og‘ir.

Shuningdek, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga 69 nafar bemor joylashtirilgan bo‘lib, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir. Qayd etilishicha, O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham koronavirusga chalingan bemorlar davolanmoqda.

Avvalroq 6 aprel kuni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lgan ikki bemor sun’iy nafas olish apparatiga ulab qo‘yilganini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!