Koronavirus AQShga 2019 yilda yetib borgan — olimlar

Koronavirus AQShga 2019 yilda yetib borgan — olimlar

Amerika Qo‘shma Shtatlari aholisidan olingan namunalarni tahlil qilish mamlakatda kamida 2020 yil 7 yanvarda koronavirusga chalinish holati sodir bo‘lganini ko‘rsatdi, bu virus AQShda 2019 yil dekabr oyining oxirida aylanib yurganligini ko‘rsatmoqda. Bu haqda "Axios" portali Milliy sog‘liqni saqlash institutlariga (MSST) asoslanib xabar beradi.

"Tadqiqotchilar buni koronavirus pandemiyasining boshlanish joyi va vaqti haqidagi yana bir "jumboq" deb atashadi. Virus AQShda dekabr oyi oxirida bo‘lganligi to‘g‘risida ko‘proq dalillar keltirmoqda", deb yozadi Axios.

Ekspertlar ushbu namunalar olingan shaxslarning Qo‘shma Shtatlarni tark etishlari yoki Qo‘shma Shtatlar tashqarisiga sayohat qilgan odamlar bilan aloqada bo‘lish ehtimolini tekshirmaganlar. Ammo kelajakda epidemiyalarni rejalashtirish uchun epidemiyaning dastlabki, past intensiv davrlarida nima bo‘lishini bilish muhim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!