«Kinokarvon» ijodiy safarini Farg‘onada davom ettiradi

«Kinokarvon» ijodiy safarini Farg‘onada davom ettiradi

Kinematografiya agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi «Ma’rifat» targ‘ibotchilari jamiyati hamkorligida «Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!» shiori ostida o‘tkazilayotgan «Kinokarvon» tadbiri 18-20 aprel kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadi.

«Kinokarvon» doirasida farg‘onaliklar uchun «Yakshanba», «Abdulla Oripov», «O‘zbek qizi», «Samuray», «Doktor Abdullayev» kabi qator filmlar namoyishi o‘tkaziladi.

Tadbirlarning dastlabki ikki kunida Farg‘onaning Toshloq, Qo‘shtepa, Quvasoy va Farg‘ona shahri, Buvayda, Uchko‘prik tumanlarida taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi. Bundan tashqari, karvon Beshariq, Furqat tumanlariga ham boradi.

«Kinokarvon» davomida Abduhalil Mingnarov, Shohida Uzoqova, Feruza Saidova, Ilmira Rahimjonova, Shohruh Hamdamov, Shavkat Komilov, Ali Niyazembetov, Xurshid To‘xtayev, Egamberdi Rahimov kabi taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan har yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan «Kinokarvon» aksiyasi bu yil ham respublika bo‘ylab viloyatlar hokimliklari ko‘magida davom etadi. Yaqinda Mehriddin Rahmatov, Umid Iskandarov, Ali Niyazembetov, Dilshodbek Kattabekov, Bahodir Nishonov, Azizbek Qobilov kabi ijodkorlar Sirdaryoda bo‘lib, xalq bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!