Kimlar maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘lovdan ozod etiladi?

Kimlar maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘lovdan ozod etiladi?

"Fuqarolar, soliq to‘lovchilar albatta, davlat byudjeti haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Bu aholini davlat xarajatlaridan xabardorligini ta’minlaydi. Mazkur oyning yakshanbasi dunyo miqyosida “Korrupsiyaga qarshi kurash kuni“ sifatida keng nishonlanadi. Buni bejizga eslayotganimiz yo‘q. Vaholanki, ochiqlik bor joyda – korupsiyaning oldi olinadi. Shaffoflikni ta’minlash borasidagi O‘zbekiston qo‘ygan qadamlarni olqishlayman”.

Bu Moliya vazirligida o‘tkazilayotgan tadbirda ishtirok etayotgan Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Allanning so‘zlari edi.

Tadbirda turli sohalarga yo‘naltirilishi mo‘ljallangan mablag‘lar haqida so‘z yuritilmoqda.

Misol uchun, 2019 yilda sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 12088,2 milliard so‘m yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Kelgusi yilda tibbiyot xodimlarining ish haqini oshirish davom ettiriladi.

Kelgusida oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish uchun 1593 milliard so‘m ajratiladi. Bu joriy yildagiga nisbatan 1,5 barobar ko‘pdir.

Tadbirda kam ta’minlangan oilalar maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun to‘lanadigan to‘lovdan to‘liq ozod etilishi, imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onlari ham bu imtiyozdan foydalana olishi haqida so‘z yuritildi.

Ayrim hududlarda bu bu boradagi to‘lovlar miqdori 2023 yil 1 yanvargacha 2 barobar pasaytiriladi. Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatidagi ba’zi tumanlar ana shu ro‘yxatdan joy olgan.

Manba: O‘zA

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!