Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziriga tahdid qildi

Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziriga tahdid qildi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning singlisi, Koreya Mehnat partiyasi rahbarlaridan biri Kim Yo Chjon Janubeiy Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gen Xvaga nisbatan tahdidli chiqish qildi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi habar berdi.

KXDRda norasmiy ikkinchi shaxs sifatida tilga olinadigan Kim Yo Chjonning tahdidiga qo‘shni davlat tashqi ishlar vazirining Bahraynda o‘tkazilgan forumdagi bayonoti sabab bo‘lgan. Mazkur forumda Kan Gen Xva koronavirusga qarshi kurashda rasmiy Pxenyan Seul bilan hamkorlik qilishga rozilik bildirmaganini  aytib, Shimoliy Koreyada SARS-CoV-2 bilan bog‘liq vaziyat haqidagi rasmiy ma’lumotlarga shubha bidirgan.

Butun dunyoda pandemiya e’lon qilinganidan beri, kam sonli mamlakatlar qatori Shimoliy Koreya rahbariyati mamlakat hududida mazkur kasallik bilan bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmaganini ta’kidlab keladi.

“Biz  Kan Gen Xvaning bayonotini eshitdik va buni hech qachon unutmaymiz. Hali bu gaplari unga qimmatga tushishi mumkin” dedi mamlakat rahbarining singlisi rasmiy tadbirlardan birida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning boshidan beri Shimoliy Koreyada epidemiyaning oldini olish bo‘yicha qat’iy karantin choralari joriy qilingan, restoranlar, hammomlar va boshqa jamoat joylari yopilgan. Noyabrning oxirida Janubiy Koreya rasmiylari KXDR koronavirusga qarshi ishlab chiqarilayotgan vaksina loyihasini o‘g‘irlashga uringanini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!