Kim Chen In endi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan shaxsan uchrashmoqchi

Kim Chen In endi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan shaxsan uchrashmoqchi

Singapurda 12 iyun kuni bo‘lib o‘tgan sammit paytida AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni olib tashlashning shartlaridan biri sifatida Yaponiya bilan muloqot olib borish ekanligini aytgandi, deya xabar berdi "xs.uz".

Xususan, agar Pxenyan keng miqyosda iqtisodiy yordam olmoqchi bo‘lsa, Koreya yarim orolini to‘liq denuklerizasiya qilishdan tashqari Abe bilan qator muammolarni hal etib olishi kerakligi ta’kidlangan. Gap KXDR maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgani taxmin qilinayotgan yapon fuqarolari haqida ketyapti. Bunga javoban Kim Chen In mavjud masalalarni ko‘rib chiqish uchun shaxsan Abe bilan uchrashish istagini bildirgan. Bu haqda “Sankey Simbun” nashri xabar bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular joriy yil sentyabr oyida Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Vladivostok iqtisodiy forumi maydonida ko‘rishishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!