Kim Chen In bir nechta raketalarni sinovdan o‘tkazishni buyurdi

Kim Chen In bir nechta raketalarni sinovdan o‘tkazishni buyurdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In payshanba kuni yangi tashkil etilgan mudofaa sanoati bo‘linmasi tomonidan ishlab chiqarilgan “240 mm” raketalarini sinovdan o‘tkazish jarayonini ko‘zdan kechirdi, deb xabar bermoqda mamlakatning “KCNA” axborot agentligi.

Hisobotda bo‘linma tomonidan ishlab chiqarilgan qiruvchi raketa haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilmagan. Bu xabar AQSh va Janubiy Koreyaning Kim Chen In Rossiyani qurol-yarog‘ bilan ta’minlayotgani haqidagi da’volari fonida yuzaga chiqmoqda.

“Raketalar sinov paytida parvoz xususiyatlari va aniqligi bo‘yicha talab qilinadigan standartlarga javob berishini ko‘rsatdi”, deb yozdi “KCNA” o‘z sahifasida.

Kimning aytishicha, yangi texnologiyalarni o‘z ichiga olgan “240 mm” raketa tizimi harbiylarning artilleriya salohiyatini kuchaytirishda strategik o‘zgarishlarga olib keladi.

Shuningdek, xabarda keltirilishicha, Kim Chen In bobosi nomidagi Kim Ir Sung harbiy universitetiga mamlakat armiyasi tashkil topganining yilligini nishonlash uchun tashrif buyurgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!