Kiyevdagi bankka bostirib kirgan O‘zbekiston fuqarosining pul talab qilgani rasman tasdiqlanmadi

Kiyevdagi bankka bostirib kirgan O‘zbekiston fuqarosining pul talab qilgani rasman tasdiqlanmadi

Kiyev markazidagi Leonardo biznes markazida joylashgan bank vakili polisiyaga qo‘ng‘iroq qilib, bo‘limga bir odam bostirib kirib, sumkasida bomba borligi, bankni portlatib yubormasligi uchun 40 ming grivnan (1440 dollar) talab qilganini aytgan. Lekin hali ushbu ma’lumot rasman tasdiqlanmadi. Ukraina ichki ishlar xodimlari voqea joyiga kelib, bosqinchini qo‘lga olgan. Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra bosqinchi O‘zbekiston fuqarosi Karimov Suhrob Raxmonovich ekani aytilmoqda. 

“Terrorchi tiriklayin qo‘lga olindi. Portlovchi moddalar bo‘yicha maxsus guruh ish olib bormoqda. Keyingi bosqich sud jarayoni va uzoq muddatli qamoq”, deb yozadi Ukraina Ichki ishlar vaziri Anton Gerashchenko o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!