Kelesga “Toshshahartransxizmat” avtobuslari qatnaydigan bo‘ldi

Kelesga “Toshshahartransxizmat” avtobuslari qatnaydigan bo‘ldi

Aholi murojaatlari asosida yangi “Binokor qo‘rg‘oni — Do‘stlik metro bekati” oralig‘ida harakatlanuvchi 183-yo‘nalish hamda “Keles shaharchasi — Chorsu metro bekati” oralig‘ida harakatlanuvchi 120-yo‘nalishlari tashkil etildi.
 
“Toshshahartransxizmat” AJ ta’kidlashicha, 3- va 5-avtosaroylar tomonidan avtobuslar biriktirilishi ko‘zda tutilgan mazkur yangi yo‘nalishlarda qatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi anchadan buyon o‘z yechimini kutib kelgan.
 
Jamiyat tarkibidagi avtosaroylarga yangi avtobuslarning keltirila boshlagani ana shunday tushunmovchiliklarga barham berdi va qo‘shimcha yo‘nalishlar ochishga imkon yaratdi.
 

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Xo‘sh, shu kungacha ushbu yo‘nalishlarda hech qanday transport qatnovi yo‘lga qo‘yilmaganmidi?
 
Bu yo‘nalishlarda xususiy tashuvchilar transport xizmatlari ko‘rsatib kelgan. Afsuski, ular tomonidan yo‘lovchilar uchun hech qanday imtiyozlar berilmagan. Aholining murojaatlariga ham aslida ana shunday holatlar sabab bo‘lgan.
 
Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, “Toshshahartransxizmat”AJ tomonidan transport xizmati ko‘rsatilayotgan avtobus yo‘nalishlarida oylik yo‘l chiptalari, imtiyozli guvohnomalar hamda jetonlar to‘la amal qiladi. Bu esa aholini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash, ular uchun imtiyoz va imkoniyatlar yaratishda alohida o‘rin tutadi.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!