Katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan 30 kishilik to‘ydan eksklyuziv foto

Katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan 30 kishilik to‘ydan eksklyuziv foto

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Tepaguzar” mahallasida yashovchi yigit 30 kishilik to‘y o‘tkazgandi. Ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pgina shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Hattoki, bunaqangi ixcham to‘yning bo‘lib o‘tganiga shubha bilan qaraganlar ham topildi.

UZ24 nashri mazkur mahalla raisi hamda to‘y o‘tkazgan yigit, uning oilasi bilan bog‘landi.

Ma’lum bo‘lishicha, kuyov Nurmatov Murod kam ta’minlangan oiladan. U to‘yxonalarni bezash ishlari bilan shug‘ullanadi. Uylanishga qaror qilgan yigit to‘yini qanday o‘tqazish bo‘yicha mahalla faollari bilan maslahatlashib, kelin andijonlik bo‘lgani sababli kamxarj bo‘lishi uchun faqat qiz tomonda to‘y qilishga kelishadi. Shu bilan Andijon shahrining “Orzu” to‘yxonasida 30 kishi ishtirokida ortiqcha isrofgarchiliklarsiz, ixchamgina nikoh to‘yi bo‘lib o‘tadi.

Olmazor tumani “Tepaguzar” mahalla raisining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda mahalla faollari va tadbirkorlari bilan birgalikda yosh oilaga kredit evaziga uy olib berish uchun harakatlar boshlangan. Uyning boshlang‘ich badali to‘lab berilib, sentyabr oyigacha ularni yangi uyga ko‘chirish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!