Katta miqdordagi “Tramadol” tabletkasi savdosining oldi olindi

Katta miqdordagi “Tramadol” tabletkasi savdosining oldi olindi
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salonida 30 ming dona Tramadol tabletkasi borligi aniqlandi...
2018 yilning 27 oktyabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga muvofiq Tramadol , Baklosan kabi bir nechta psixofaol preparatlar giyohvand moddalar va psixotrop vositalar ro‘yxatiga kiritildi. Va ayni vaqtda huquq-tartibot idoralari tomonidan ularning noqonuniy aylanishiga qarshi jiddiy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Xususan, Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Toshkent-Denov yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Alisher Rahmonov boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomashinasi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi Umakay postida to‘xtatildi. Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salonida 30 ming dona Tramadol tabletkasi borligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu giyohvandlik vositasini fuqaro Bekzod Karimov Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan Ko‘xinur to‘yxonasi oldida E’zoza ismli ayoldan 34 million 500 ming so‘mga sotib olishga kelishib, shundan 15 million so‘mini beradi va yukni Alisher Rahmonovga topshiradi. Haydovchi Alisher Rahmonov esa uni Surxondaryo viloyatiga yetkazib berishi kerak bo‘ladi.
Yana bir holat. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani hududida Jamoliddin Xursandov boshqaruvidagi yuk avtomobili tekshirib ko‘rilganda, uning yukxonasida ham 30 ming dona Tramadol borligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik vositalarini Toshkent shahrida tug‘ilgan Qobil Po‘latov ismli shaxs Surxondaryo viloyati Denov shahrida tug‘ilgan Olimjon Xursanovga 57 million so‘mga sotgan. Shundan so‘ng, u ushbu vositalarni Adham Jo‘raqulovga beradi. Adham esa ularni yuk sumkasiga joylashtirib, Surxondaryo viloyatiga ketayotgan haydovchi Jamoliddin Xursandovga topshiradi va Denov tumanida akasi Akram Jo‘raqo‘lov olishini aytadi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: uza. uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!