Karantin paytida tug‘ilgan chaqaloqqa guvohnoma berilmasligi to‘g‘rimi?

Karantin paytida tug‘ilgan chaqaloqqa guvohnoma berilmasligi to‘g‘rimi?

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.

FDHYo bo‘limlari tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bermayotgani to‘g‘rimi?

❗️Bugungi kunda FHDYo organlari tomonidan fuqarolarni qabul qilish xodimlarning navbatchiligi asosida tashkil qilingan. Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina tug‘ilish va o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish va guvohnomalar berish to‘xtalgan emas.

❗️Tug‘ilish guvohnomasi olish uchun o‘zingiz doimiy yashab turgan yoki bola tug‘ilgan joydagi FHDYo bo‘limlariga murojaat qilib guvohnoma olishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!