Kanadada terrorchi tomonidan o‘ldirilgan musulmonlarga bag‘ishlangan yodgorlik ochildi

Kanadada terrorchi tomonidan o‘ldirilgan musulmonlarga bag‘ishlangan yodgorlik ochildi

Kanadada 2017 yilda Kvebek-Siti masjidida sodir etilgan teraktda halok bo‘lganlarga bag‘ishlangan yodgorlik ochildi.

Me’mor Lyuk Pelletye tomonidan yaratilgan yodgorlik Islom markazi yaqinida o‘rnatilgan bo‘lib, unda o‘sha dahshatli kechada sodir bo‘lgan voqealar, shuningdek, qurbonlarning ismlari hamda ularning kelib chiqish mamlakatlari (Marokash, Gvineya, Tunis va Jazoir) ro‘yxati tasvirlangan.

Ochilish marosimida qatnashgan shahar meri Reji Labomning so‘zlariga ko‘ra, «Vivre Ensemble» ("Birgalikda yashash") deb nomlangan yodgorlik nafrat ustidan hamjihatlik g‘alabasining ramzi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!