Jurnalistlarga bosim o‘tkazilmoqda

Jurnalistlarga bosim o‘tkazilmoqda

Isroil Knesseti mamlakat harbiylari o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan paytda ularni foto-video suratga olmaslik haqidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq ma’qulladi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.

Agar Isroil parlamenti mazkur qonun loyihasini uchinchi o‘qishda ham ma’qullasa, falastinlik jurnalistlarga hujumlar va ularni qo‘lga olish kabi ishlar sezilarli darajada oshadi.

Falastin jurnalistlar kasaba uyushmasi advokati Ali Farjatning aytishiga qaraganda, mazkur qonun loyihasi Falastin OAV faoliyatini cheklash maqsadida qabul qilinmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi qonun loyihasi Falastindagi voqealarni yoritish darajasini pasaytiradi va xalqaro qonun-qoidalarga ziddir.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!