Jurnalistlar va sud: Oliy sud trening tashkil etdi

Jurnalistlar va sud: Oliy sud trening tashkil etdi

Jurnalistlarning sud jarayonlarini yoritish borasidagi ko‘nikmalarini rivojlantirish va malakasini oshirish bo‘yicha trening tashkil etildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda Milliy axborot agentligi, teleradiokanallar, gazeta va jurnallar, saytlar vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda sud jurnalistikasi huquqiy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlar qabul qilindi. Jumladan, OAVlarining professional jurnalistik  olib borishi «Jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunda mustahkamlandi.  

2020 yil 21 fevralda Oliy sud plenumining «Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.  

Unda OAV vakillari va jamoatchilikning sud majlislarida ishtirok etishi qoidalari belgilangan. 

Sud ruxsati va tomonlar fikri inobatga olingan holda sud majlisini fototasvirga tushirish, videoyozuvni amalga oshirish tartibiga ham aniqlik kiritildi.

Endilikda ochiq bevosita ko‘rilayotgan sud ishiga taalluqli bo‘lmagan shaxslar, shu jumladan OAV vakillariga ham sud majlisida qatnashish imkoniyati bor. Qonunda ko‘rsatilmagan holatlar sababli matbuot xodimlarini sud majlisiga kiritmasligiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Treningning birinchi ish kuni davomida Jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar hamda ma’muriy va iqtisodiy sudlar misolida yuqorida qayd qilinganidek OAV va jamoatchilik bilan hamkorlikning huquqiy asoslari, jurnalistlar tomonidan sud binolariga kirish va sud hujjatlaridan foydalanish huquqini amalga oshirishdagi prosessual va ahloqiy jihatlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!