Jurnalist ayol uyidan o‘lik holda topildi. Uni o‘ldirishganmi yoki?..

Jurnalist ayol uyidan o‘lik holda topildi. Uni o‘ldirishganmi yoki?..

41 yoshli Viki Archer VVSdagi hamkasblariga unga biroz dam kerakligini aytgan. U uyiga ketgan, oradan biroz vaqt o‘tgach esa qo‘shnilari uni o‘lik holda topishgan.

Fojia avgust oyida sodir bo‘lgan, ammo ayol joniga qasd qilish haqida avvaldan o‘ylab yurgan ekan.

Viki 20 yildan ortiq vaqt radioda ishlagan va karyera qilishga ulgurgan. Ammo tergovchining aytishicha, Viki juda chuqur depressiya holatiga tushgan va ikki marta joniga qasd qilishga uringan. Bundan tashqari, ayol “Tvitter”dagi sahifasida o‘limidan ma’lum vaqt oldin ruhiy holatida muammolar borligini ta’kidlagan.

Fojia sodir bo‘lgan kechada usta chaqiruvga ko‘ra jurnalistning uyiga keladi. Ammo eshik ichkaridan qulflanganini ko‘radi. Keyin esa shubhalanib derazadan kirganida Archerning jonsiz holda yutganini ko‘radi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jurnalist katta ehtimol bilan o‘z joniga qasd qilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!