JSST rahbari koronavirus manbasini Uxandan izlashga chaqirdi

JSST rahbari koronavirus manbasini Uxandan izlashga chaqirdi

Koronavirus manbalarini Xitoyning Uxan shahrida qidirish kerak, demoqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.

Bu haqda “Reuters” yozmoqda.

"Virusning kelib chiqishini o‘rganishga kelsak, bitta narsa aniq: ushbu tadqiqot birinchi xabar kelgan Xitoyning Uxan shahrida boshlanadi", dedi u.

Gebreyesusning aniqlik kiritishicha, ayni shu asosda qidiruvni keyinchalik qayerga yo‘naltirish aniq bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!