Jonson va JSST rahbari COVID-19 ning kelib chiqish sabablarini o‘rganish zarurligini ta’kidladi

Jonson va JSST rahbari COVID-19 ning kelib chiqish sabablarini o‘rganish zarurligini ta’kidladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus bilan muzokaralar paytida koronavirus sabablarini mustaqil ravishda tekshirish muhimligini ta’kidladi.

Bosh vazir devonining bayonotida aytilishicha, Buyuk Britaniya rahbari va doktor Tedros koronavirus pandemiyasini mustaqil ravishda tekshirish kelajakda bunday holatlarning oldini olish maqsadida xulosalar chiqarish uchun zarurligini qayd etishgan.

Jonson, shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh bilan suhbatlashgan. Ikkala holatda ham, hukumat rahbari Buyuk Britaniyaning koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!