Jizzaxda IIB profilaktika inspektori va mahalla maslahatchisi kaltaklandi

Jizzaxda IIB profilaktika inspektori va mahalla maslahatchisi kaltaklandi

Paxtakor tumani mahalla fuqarolar yig‘ini posboni SH.S., IIB HPB profilaktika inspektori X.R., Tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi M.O. birgalikda Paxtakor tumani, Do‘stlik mahallasida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi shaxs yashayotgani haqida olingan xabarga asosan, mazkur xonadonga borishgan.

Bu vaqtda, D.S. mazkur xonadonda bo‘lganligi sababli, profilaktika inspektori X.R. uning shaxsini aniqlash maqsadida milisiya tayanch punktiga borish haqidagi talabini bajarmasdan, profilaktika inspektorini o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga qarshilik ko‘rsatib, X.R. va M.O.ni urib uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, ushbu janjalni bartaraf qilish va uni to‘xtatish uringan SH.S.ni ham urib, sindirilgan oyna bo‘lagi va pichoq bilan, ularni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, ularning o‘z xizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishga majbur qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudi cudyasi G‘iyosiddin Yalgashevning 7news.uz ga ma’lum qilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining 2018 yil 28 sentyabrdagi hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi D.S O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!