Jinoyat ishi sabab O‘zbekistondan qochgan prokuror va soliqchi Qirg‘izistonda qo‘lga olingan

Jinoyat ishi sabab O‘zbekistondan qochgan prokuror va soliqchi Qirg‘izistonda qo‘lga olingan

O‘zbekistonda Bosh Prokuratura tomonidan qidiruvga berilgan Mirzayevlar oilasi qarindoshi, Toshkentdagi to‘rtta tumanda Depatament boshlig‘i bo‘lib ishlagan, sobiq Prokuror va Davlat soliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Qirg‘izistonda ushlangan, deb yozadi Jahon.uz .

Inog‘omov Ziyodulla Xurshidovich 1968 yil 19 avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan, Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK Departamenti Toshkent shahar Chilonzor tuman bo‘limining boshlig‘i lavozimida ishlagan, Yunusobod tumani, A.Zohidov ko‘chasida yashagan.

Jahon.uz voqealar tafsilotini o‘rgandi hamda Ziyodulla Inog‘omovning O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini buzib, Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahri, Mo‘yyan qishlog‘idagi o‘tish mumkin bo‘lmagan chegara sim to‘sig‘idan Qirg‘iziston Respublikasi hududiga qonunga xilof ravishda kesib o‘tib, chegaradan o‘tish qoidalarini qasddan buzganligini aniqladi.

Ishonchli manbaga ko‘ra, Ziyodulla Xurshidovich 1994-2001 yillar davomida Davlat soliq idoralarida, 2001-2007 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK Departamentining Toshkent shahar Yashnobod tuman bo‘limi boshlig‘i, 2007-2011 yillarda Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi boshlig‘i, 2011-2015 yillarda Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi boshlig‘i, 2015-2017 yillarda Departamentning Mirobod tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Departament idoralaridan ishdan bo‘shagach, 2017 yil dekabr oyida Zangiota tuman DSI jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi boshlig‘i vazifasida bir oy ishlab, so‘ng sog‘lig‘i ko‘tarmaganligi sababli ishdan o‘z arizasiga asosan bo‘shagan, u Miraglam Mirzayevning xotini Muhabbat Mirzayevaning jiyani.

2018 yilni 18 mart kuni soat 17:30 da u Qibray tumanida joylashgan Fanlar akademiyasiga tegishli dala hovlida bo‘lgan vaqtida, unga turmush o‘rtog‘i SH.Inog‘omova qo‘ng‘iroq qilib, Yunusobod tumanidagi uyiga 20 tacha odam kelganligini aytganligini, so‘ng u o‘rtog‘i Samug Alimuhammedov orqali uyiga Bosh prokuratura xodimlari kelib tintuv o‘tkazishganligini bilganligini qo‘lga olingach, tergovda ma’lum qilgan.

2018 yil 19 mart kuni esa S.Alimuhammedovdan qarindoshi, ya’ni ammasi Muhabbat Mirzayevaning uyida ham tintuv o‘tkazilib, prokuratura xodimlari jiyanlarini olib ketishganligini bilgach, u 2018 yil aprel oyining boshlariga qadar uyga bormay, dala hovlida yashab yurgan.

Taxminan 10-11 aprel kuni u S.Alimuhammedovning boshqaruvidagi Lesetti rusumli avtomashinasida Andijon viloyatining Jalolquduq tumaniga borib, R.To‘raxonovga qo‘ng‘iroq qiladi va keyin S.Alimuhammedov bilan Farg‘ona shahriga boradi hamda R.To‘raxonov uni o‘zining tanishi B.Safarov bilan kutib olib, ertasi kuni, ya’ni 12 aprel kuni O‘zbekiston davlat chegarasining nazoratsiz joyiga kelib, sim to‘siqlari tagidan o‘tib, chuqurligi 2 metrcha bo‘lgan kavlangan ariq orqali Qirg‘iziston hududiga o‘tgan.

U yerda uni Islom ismli shaxs kutib olib, uni o‘z uyiga olib boradi va buning evaziga Islom ga u 50 AQSh dollari berganini tan olgan.

2018 yil 23 may kuni o‘rtog‘i R.To‘raxonov O‘sh shahriga O‘zbekiston Davlat soliq raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Abdusalom Yo‘ldoshevning Javlon ismli o‘g‘lini olib kelgani, Javlon unga uyida muammo bo‘lgani, otasi A.Yo‘ldoshevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, u onasi Sayyora Yo‘ldosheva bilan Andijon chegara bojxona postidan o‘tayotganida, onasini to‘xtatib qolishganini ma’lum qilgan.

Oradan bir kun o‘tgach, haqiqatda ularning oldiga A.Yo‘ldoshev ham kelib qo‘shiladi va ertasi kuni A.Yo‘ldoshev unga o‘g‘lini Rossiya orqali Germaniyaga jo‘natib yuborish rejasi borligini, shu sabab o‘g‘lini Bishkek shahriga jo‘natganligi gapirib bergan.

O‘g‘lini Bishkekka yuborgan Abdusalom Yo‘ldoshev kelishilgan vaqtda o‘g‘lidan qo‘ng‘iroq bo‘lmagach, xavotir olib, Z. Inog‘omov bilan birgalikda Bishkek shahriga yo‘lga chiqishadi va 25 mayga o‘tar kechasi ular taksida Bishkek shahriga kirishdagi postdan o‘tayotganlarida qo‘lga tushishadi.

Qirg‘iziston huquq tartibot idoralari bilan hamkorlik natijasida qo‘lga olingan ikki sobi rahbar belgilangan tartibni buzib, davlat chegarasini aylanma yo‘llar orqali buzib o‘tishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!