Jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan shaxsga nisbatan sud oqlov ajrimi chiqardi

Jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan shaxsga nisbatan sud oqlov ajrimi chiqardi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olot tuman sudining 2019 yil 23 avgustdagi ajrimiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 177-moddasi 2-qismi bilan JKning 65-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganligi belgilangan.

Sudning ajrimiga ko‘ra, S.Izzatova 2019 yil 26 iyun kuni SH.Xusenovadan Olot tumani Olot ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida 20.485.776 so‘m O‘zbekiston milliy valyutasi ekvivalentiga teng bo‘lgan ancha miqdorni tashkil qilgan 2.400 AQSh dollarini 20.400.000 so‘mga qonunga xilof ravishda sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Birinchi bosqich sudining ajrimida dastlabki tergov organi tomonidan S.Izzatovaning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi JKning 177-moddasi
2-qismi bilan to‘g‘ri kvalifikasiya qilingani ko‘rsatilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 avgustdagi Farmoniga asosan shu yil 1 avgustdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasida eng kam oylik ish haqi 223.000 so‘m miqdorida belgilangani, ancha miqdor 22.300.000 so‘m va undan yuqorisini tashkil qilishi, shu sababli S.Izzatova tomonidan qonunga xilof ravishda sotib olingan 20.400.000 so‘mni tashkil qilgan 2400 AQSh dollari, ayni vaqtda ancha miqdorni tashkil qilmasligi haqida xulosaga kelingan.

Biroq, birinchi bosqich sudi S.Izzatova tomonidan qonunga xilof ravishda sotib olingan valyuta qiymatligini miqdori JKning 177-moddasi  2-qismi dispozisiyasida ko‘rsatilgan, jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi ancha miqdorni tashkil qilmasligi haqida xulosaga kelgan bir vaqtda, sodir etilgan jinoyat ijtimoiy xavfliligini yo‘qotgan deb topib, JKning 65-moddasiga asosan S.Izzatovani jinoiy javobgarlikdan ozod qilib xatolikka yo‘l quygan.

Chunki, ish holatlariga qaraganda, O‘zbekiston Respublikasi JKning 177-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi ancha miqdor S.Izzatovaning qilmishida mavjud emas.

O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasiga ko‘ra, qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi aybsiz deb topilib, reabilitasiya etilishi lozim.   

Shunga ko‘ra, S.Izzatovaning qilmishida O‘zbekiston Respublikasi JKning 177-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaganligi bois, JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan u aybsiz deb topilishi lozim edi.

Qolaversa, birinchi bosqich sudi O‘zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasining 5-qismiga zid ravishda S.Izzatovaning roziligini olmasdan uning aybliligi haqidagi masalani hal qilmay turib unga oid jinoyat ishi tugatgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olot tuman sudining 2019 yil 23 avgustdagi Izzatova Sayyora Qodirovnaga oid ajrimi bekor qilinib, S.Izzatovaning qilmishida O‘zbekiston Respublikasi JKning 177-moddasining 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli, unga oid jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JPK 83-moddasining 2-bandiga asosan tugatilib, OQLANDI.

 

F.Tursunov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro viloyat sudining

sudyasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!