Jaladan jabr ko‘rgan 110 ming kishi boshqa joyga ko‘chirildi

Jaladan jabr ko‘rgan 110 ming kishi  boshqa joyga ko‘chirildi

Xitoyning Guandun muzofoti tumanlarida kuchli jaladan jabr ko‘rgan 110 ming kishi boshqa joyga ko‘chirildi, deb xabar tarqatdi «Sinxua» axborot agentligi mahalliy favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqarma ma’lumotiga tayanib.

“25,8 ming kishi tezkor sur’atda xavfsiz joyga joylashtirildi”, — deyiladi xabarda. Ayni damda Xitoy hukumati kuchli jala oqibatida yuzaga kelishi kutilayotgan suv toshqinlarining oldini olish choralarini kuchaytirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!