Italiyada g‘ijimlanmaydigan erkaklar ko‘ylagi ishlab chiqariladi

Italiyada g‘ijimlanmaydigan erkaklar ko‘ylagi ishlab chiqariladi

Italiyaning Boggi Milano brendi paxta matosidan dazmol qilish shart bo‘lmagan erkaklar ko‘ylagini ishlab chiqara boshladi. Bu haqda Esquire xabar beradi.

Ma’lum qilinishicha, Ultimate Non Iron texnologiyasi o‘zida yuvilganda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan g‘ijimlanishning oldini oladigan ultra-yassi mustahkamlovchi lentani o‘zida mujassam etadi.

Boshqa texnologiyalardan farqli ravishda Boggi Milano faqatgina mato emas, balki kiyimga to‘liq ishlov bergan. Shu sabab ham mato tez g‘ijimlanmaydi va yuvilganidan keyin dazmol qilishga hojat bo‘lmaydi. Matoning kiyish oson va tartibli ko‘rinishga ega bo‘lishga hissa qo‘shuvchi paxta tolasidan bo‘lgani esa uni «parvarish» qilishni yengillashtiradi.

Brend kolleksiyasidan ikki xil bichimli oq va havorang modellar o‘rin olgan, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!