ISW: Rossiya Ukraina janubidagi qo‘lga olingan hududlarda uchinchi mudofaa chizig‘ini tayyorlamoqda

ISW: Rossiya Ukraina janubidagi qo‘lga olingan hududlarda uchinchi mudofaa chizig‘ini tayyorlamoqda

Urushni o‘rganish instituti Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarining borishi haqida navbatdagi kundalik hisobotini e’lon qildi:

So‘nggi kunlarda shiddatli janglarda rus qo‘shinlari Ukraina sharqidagi bosib olingan hududlarni doimiy ravishda bosqichma-bosqich oshirishni amalga oshirdi, garchi umuman olganda Ukraina mudofaasi samarali bo‘lib qolmoqda.

Hozir Lugansk viloyati hududining 95 foizdan ortig‘i Rossiya harbiylari nazoratida va yaqin kunlarda sa’y-harakatlar Severodoneskni to‘liq egallashga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Rossiya qo‘shinlari Xarkov va Donesk viloyatlari chegarasida Izyumdan janubi-sharqga qarab harakat qilishdi;

Rossiya qo‘shinlari Severodonesk atrofida barqaror yurishlarini davom ettirdi va yaqin kunlarda Severodonesk-Lisichansk hududini to‘liq o‘rab olishga harakat qilishi mumkin;

Rossiya qo‘shinlari Popasnayaning janubi va g‘arbiy tomonida Baxmut tomon agressiv surilishda davom etdilar, ammo ular shaharga yaqinlashganda oldinga siljish sekinlashishi mumkin;

Ukraina janubidagi qo‘lga olingan hududlardagi Rossiya kuchlari mintaqa ustidan uzoq muddatli nazoratni mustahkamlash va kelajakda Ukrainaning ehtimoliy qarshi hujumlarini qaytarishga tayyorgarlik ko‘rish uchun uchinchi mudofaa chizig‘ini tayyorlamoqda.

O‘tgan haftadagi ba’zi yutuqlarga qaramay, Rossiya hujumi sustligicha qolmoqda.

Amerikalik tahlilchilarning ta’kidlashicha, Rossiya qo‘shinlari juda zaiflashgan va ular uchun kelajakdagi yo‘qotishlarni qoplash juda qiyin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!