Isroilning G‘azoga hujumi qurbonlari soni 39 583 kishiga yetdi

Isroilning G‘azoga hujumi qurbonlari soni 39 583 kishiga yetdi

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligidan berilgan bayonotda, Isroilning G‘azo sektoriga 303 kundan beri to‘xtovsiz davom etgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

Bayonotda, Isroil qo‘shini, G‘azoning turli hududlarida uyushtirgan hujumlarda oxirgi 24 soat ichida 2 marta qatliom uyushtirgani, bu hujumlarda 33 Falastinlik halok bo‘lgan, 118 Falastinlik yaralangan.

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida 7 oktabrdan beri halok bo‘lganlar soni 39 ming 583 nafarga, yaralanganlar soni esa 91 ming 398 nafarga yetgan.

Xabarda, shuningdek, halok bo‘lganlarning jasadlari hali ham vayronalar ostida va yo‘l chetlarida qolayotgani, Isroil kuchlari keltirib chiqargan to‘siqlar tufayli tibbiy guruhlar va fuqarolik mudofaa xodimlarining jasadlarga yetib bora olmaganiga urg‘u berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!