Isroilda “Pfizer"ning vaksinasi sabab aholi orasida kasallanish 95,8 foizga kamaydi

Isroilda “Pfizer"ning vaksinasi sabab aholi orasida kasallanish 95,8 foizga kamaydi

Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligining shanba kuni xabar berishicha, Pfizer vaksinasining ikkala dozasini olgan odamlar orasida COVID-19 kasalligi xavfi 95. 8 foizga kamaydi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, Pfizer vaksinasi isitma yoki nafas olish muammolarining oldini olishda 98 foiz, o‘limning oldini olishda esa 98. 9 foiz samarali bo‘lgan.

Ushbu natijalar vaksinaning ikkinchi dozasini olgan isroilliklarning barchasidan 13 fevralgacha to‘plangan ma’lumotlarga asoslangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi veb-saytida yozilishicha, taxminan 1.7 million kishiga 30-yanvarga qadar vaksinaning ikkinchi dozasi berib bo‘lingan.

Bundan oldin vaksina qabul qilgan odamlardan olingan natijalar ham yaxshi bo‘lgandi. Bu esa Isroilni lokdaun holatidan chiqishga yo‘l ochdi. Bu mamlakatda yakshanbadan boshlab maktablar va ko‘plab do‘konlarning ochilishiga ruxsat berildi.

Shuningdek, Isroil sog‘liqni saqlash vazirligi “Green pass” nomli ilova ishlab chiqargan bo‘lib, unda vaksina qabul qilganlar va virusdan tuzalib immunitet hosil qilganlar haqida ma’lumot saqlanadi. Ushbu dastur orqali virusga immunitet hosil qilganlar sport va madaniy musobaqalarda qatnashish va mehmonxonalarda qolish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!