Islom taraqqiyot banki Qozog‘iston iqtisodiyotiga 2 milliard dollargacha sarmoya kiritadi

Islom taraqqiyot banki Qozog‘iston iqtisodiyotiga 2 milliard dollargacha sarmoya kiritadi

Qozog‘iston va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida respublika iqtisodiyotiga 2 milliard dollargacha bo‘lgan sarmoya kiritishni ko‘zda tutuvchi bazaviy dastur kelishuvi tuzildi.

Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati xabar berishicha, hujjat joriy yilda suv xo‘jaligi va transport sohalarida infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni boshlash uchun uzoq muddatli investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarni birlashtirgan.

Kelishuvga ko‘ra, Islom taraqqiyot banki suv omborlari, to‘g‘onlar, sug‘orish kanallari, kontrregulyatorlar va tegishli infratuzilmalarni qurish va rekonstruksiya qilishga, shuningdek, umumiy uzunligi 500 dan ortiq bo‘lgan milliy avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va qurishga sarmoya kiritadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!