Islom Karimovning o‘g‘li nega sudlashmoqda?

Islom Karimovning o‘g‘li nega sudlashmoqda?

O‘zbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning o‘g‘li - Pyotr - Moskva shahrining Tver sudiga ish beruvchidan o‘ziga belgilangan pul mablag‘larini undirib berishni so‘rab murojaat qildi.

«Izvestiya» ma’lumotlariga ko‘ra, u «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasida bir necha yil davomida yuqori lavozimda ishlagan, biroq otasining o‘limidan biroz vaqt o‘tgach, o‘z o‘rnini yo‘qotgan. Bunday holatlarda berilishi mo‘ljallangan pul mablag‘lari unga to‘lanmagan.

Endilikda sud orqali kichik Karimov o‘ziga belgilangan pulni olishga harakat qilmoqda. Uning arizasida da’vosi quyidagicha ifodalanadi: «to‘lanmagan ish haqini undirib berishga oid mehnat bo‘yicha nizolar». Bu borada boshqa hech qanday tafsilot ochiqlanmagan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!