“Islom davlati” qayerda qayta tiklanishi mumkinligi ma’lum qilindi

“Islom davlati” qayerda qayta tiklanishi mumkinligi ma’lum qilindi

Suriyada Furot (Evfrat) daryosi orqasidagi hududda Islom davlati * qayta tiklanishi mumkin.

Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtab bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Stanistav Gajimagomedov ma’lum qildi.

Furot daryosi orqasidagi joy izolyasiya qilingan hudud bo‘lib qolmoqda. Hududda istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida separastistik kayfiyatlarni kuchaytirib, Suriya va Iroq hududiy yaxlitligiga tahdid soladi. Shuningdek, Islom davlati * xalqaro terrorchilik uyushmasini qayta tiklanishiga olib kelishi mumkin , - dedi Gajimagomedov Moskva xalqaro xavfsizlik anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hudud, shu jumladan Xajin shahridagi tumanda AQSh operasiyasi yakunlangan sharoitda transport infratuzilmani tiklash zarurati yuzaga kelgan.

Transport tuzilmasi tiklansa daryoning ikki tomonida istiqomat qiluvchi suriyaliklar o‘rtasida aloqalarni tiklanishiga yordam berdi.

Rossiya Federasiyasi bir necha marta Furot daryosi orqali avtomobil ko‘prikni tiklashga harakat qilgan. Biroq bu tashabbus Qo‘shma Shtatlar va ular nazorat qiluvchi kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. Shunga o‘xshash qadamlar BMT yo‘nalishi bo‘yicha ham amalga oshirilgan, biroq hozirgacha masala ochiqligicha qolmoqda , - deb qo‘shimcha qildi Rossiya mudofaa vazirligi vakili.

Shuningdek, Suriya demokratik kuchlar nazorati ostida bo‘lgan El-Xasak provinsiyasida joylashgan qochqinlar lageri hududida og‘ir gumanitar vaziyat saqlanib turibdi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!