Ishsizlikning rekord darajasi kuzatilayotgan Qo‘shma Shtatlarda amerikaliklarga qanday yordam ko‘rsatilmoqda?

Ishsizlikning rekord darajasi kuzatilayotgan Qo‘shma Shtatlarda amerikaliklarga qanday yordam ko‘rsatilmoqda?

Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarga qaytish uchun AQSh iqtisodiyotida hamon ilgari taxmin qilingan 10,7 million ish o‘rinlari yetishmayapti.

Politico nashri xabariga ko‘ra, o‘tgan hafta ishsizlik nafaqasini olish uchun murojaat qilgan amerikaliklar soni 898.000ga yetgan va bu tarixiy jihatdan yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, ishdan bo‘shatishlar iqtisodiy tiklanish uchun to‘siq bo‘lib qolayotganligidan dalolat bermoqda.

Ta’kidlanishicha, mamlakat bo‘ylab aksariyat ish beruvchilar yangi ishchilarni jalb qilishda hanuzgacha o‘z bizneslariga yoki mamlakat iqtisodiyotiga ishonch bildira olishmayapti.

Zero, qayd etilishicha, yoz oylarida vakansiyalar bo‘yicha e’lonlar soni sezilarli darajada oshgan, ammo so‘nggi ikki oy ichida o‘sish darajasi sekinlashgan.

Misol tariqasida, ayni payda Missisipida maksimal ishsizlik nafaqasi haftasiga 235, Janubiy Karolinada esa 326 dollarni tashkil etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!