ISHID bir o‘q bilan ikki quyonni urdi

ISHID bir o‘q bilan ikki quyonni urdi

Kecha, 16 iyun kuni Afg‘onistonning sharqida joylashgan Nangarhar shahrida hukumat askarlari va “Tolibon” jangarilari Ramazon hayitini birgalikda nishonlayotganda portlash sodir bo‘lgan. Natijada 26 nafar kishi halok bo‘ldi.
 
Portlash bomba joylashtirilgan avtomobilda amalga oshirilgan. Hodisa uchun javobgarlikni ISHID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi. “Tolibon” esa portlashga aloqasi borligini inkor qilgan.
 
Ma’lumot uchun, Ramazon oyi yakunlanganini nishonlash uchun o‘nlab qurolsiz jangarilar Afg‘oniston poytaxti va boshqa shaharlarga kirgan edilar.
 
Ta’kidlash joizki, 2001 yildan beri hukumat va NATO harbiylariga qarshi kurshib kelayotgan “Tolibon” 17 yil deganda ilk bor vaqtinchalik tinchlikka rozi bo‘lgan edi.
 
Eslatib o‘tamiz, “Islom davlati” (ISHID) Suriya va Iroqda mag‘lub bo‘lgach, uning asosiy kuchlari Afg‘onistonga joylashgani haqida xabarlar tarqagan edi. ISHIDning qolgan mayda guruhlari Afrikaning Nigeriya, Somali, Liviya kabi davlatlariga borib, qo‘nim topgani taxmin qilinmoqda.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!