“Ishdagi ishq”ning yana bir yulduzi koronavirusga chalindi
Taniqli sovet aktrisasi hamda “Ishdagi ishq” filmi yulduzi Liya Axedjakova koronavirus bilan kasalxonaga yotqizildi.
Bu haqda Rossiyaning "Dojd" telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, 82 yoshli aktrisa koronavirusga qarshi test-sinovdan so‘ng kasalxonaga yotqizilgan. Ahvoli yaxshi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)