Iroqdagi qadimiy masjidni tiklash uchun 100 mln dollar ajratiladi

Iroqdagi qadimiy masjidni tiklash uchun 100 mln dollar ajratiladi

Iroqning Mosul shahrida joylashgan va XII asrda barpo etilgan “An-Nuri” masjidini qayta tiklash uchun YUNESKO tomonidan 100 million dollar ajratilishi kutilmoqda. Bu haqda IslamToday nashri xabar bermoqda.

2014 yilda aynan shu masjidda ISHID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy “xalifalik” tuzilganini e’lon qilgan edi. 2017 yilda jangarilar masjidni vayronaga aylantirdi.

YUNESKO bosh direktori Odri Azulayning aytishicha, qadimiy masjidni qayta tiklash jadvali ishlab chiqilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!