“Ipoteka bank”ning Navoiy va Samarqand filiallarida koronavirus aniqlanganmi?

“Ipoteka bank”ning Navoiy va Samarqand filiallarida koronavirus aniqlanganmi?

“Ipoteka bank” Navoiy va Samarqand filiallarida ham koronavirus aniqlanganligi to‘g‘risidagi xabarlarga rasmiy izoh berdi.

"Ayrim kanallarda bankimizning Navoiy va Samarqand filiallarida xodimlarning koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha holatlar aniqlanganligi bo‘yicha asoslantirilmagan ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Bizning filiallarimizda bunday holatlar aniqlanmagan.

Barcha filiallar mijozlarga va aholiga karantin talablariga qat’iy rioya qilingan holda xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Bank to‘g‘risida asoslanmagan ma’lumotlar tarqatayotgan kanallar haqida tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz".

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!