Interpol odam savdosiga qarshi kurashishda 39 mamlakatdan 219 nafar shaxsni hibsga oldi

Interpol odam savdosiga qarshi kurashishda 39 mamlakatdan 219 nafar shaxsni hibsga oldi

Interpol odam savdosiga qarshi kurashish operasiya doirasida 39 mamlakatda 219 nafar shaxsni hibsga olgan. Bu haqda tashkilot rasmiy saytiga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, tashkilot 1374 nafar jabrlanuvchining arizasiga asosan maxsus operasiya tashkil etgan. Yevropa, Shimoliy va G‘arbiy Afrika mamlakatlari polisiyalari bilan hamkorlik tashkil qilingan.

“Global zanjir” operasiyasi doirasida odam savdosi qurbonlari bilan aloqa bog‘lab, ma’lumot to‘plashga harakat qilingan. Bunday qurbonlarning aniqlangan soni 1374 kishi bo‘lib, shundan 153 nafari bolalardir.

Operasiyaning muvofiqlashtiruvchilari Europol, Frontex va Interpol tashkilotlari hisoblanadi. Operasiya jinsiy ekspluatasiya, majburiy jinoyatchilik va majburiy tilanchilik holatlariga e’tibor qaratib, yuqori xavfli jinoiy tarmoqlarni yo‘q qilishga qaratilgan.

Operasiya milliy hokimiyat organlarini o‘z mamlakatlarida maqsadli tadbirlarni amalga oshirishga, transchegaraviy hamkorlikni osonlashtirishga va jamoatchilik xabardorligini oshirishga undagan. Yondashuvlarga bir necha qit’adan polisiya kuchlari va chegarachilar jalb qilingan.

Operasiya davomida jami 276 ta alohida holat yuzasidan tergov boshlangan. 362 kishi gumondor sifatida ro‘yxatga olingan. 2074 ta jinoiy aktivlar hukumatlar foydasiga musodara qilingan. 363 ta firibgarlik hujjatlari fosh qilingan.

Operasiya Albaniya, Avstriya, Belgiya, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Bolgariya, Kolumbiya, Xorvatiya, Kipr, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Gresiya, Vengriya, Islandiya, Irlandiya, Kosovo, Latviya, Litva, Malta, Moldova, Chernogoriya, Niderlandiya , Nigeriya, Shimoliy Makedoniya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shvesiya, Shveysariya, Tailand, Ukraina, Buyuk Britaniya va Vyetnam kabi mamlakatlarda amalga oshirilgan. Ushbu mamlakatlarda o‘tkazilgan ommaviy tadbirlar natijasida odam savdosining xalqaro tuzilmasini yo‘q qilish maqsad qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!