Ikkita hududda yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlarining oldi olindi

Ikkita hududda yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlarining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro H.T. fuqaro SH.N.ning ishonchiga kirib, 30 000 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida Jondor tumani, “Navgadi” MFY hududidagi “F.F.” dehqon xo‘jaligiga qarashli 28 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.Q. fuqaro O.O‘.ning ishonchiga kirib, unga Qo‘rg‘ontepa tumani, “Savay” massividagi “R.M.” MCHJga ishlab chiqarish sexini qurish uchun ajratilgan 0,55 gektar yer maydonini aldov yo‘li bilan 20 900 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!