IIV xodimi o‘zini osmoqchi bo‘lgan qizni qutqarib qoldi

IIV xodimi o‘zini osmoqchi bo‘lgan qizni qutqarib qoldi

Bishkekning Lev Tolstoy ko‘chasida “Shumqar” maxsus kuchlar polki xodimi, katta serjant Nurlan Quldanbayev yosh juvonning hayotini qutqardi. Qirg‘iziston IIV matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, voqea 6 noyabr oqshomida sodir bo‘lgan.

N.Quldanbayevga Tolstoy ko‘chasidagi ko‘prik chetida turgan qizning tutumi g‘alati ko‘ringan. U qizga yaqinlashib kelgan, shu vaqt qiz sakrashga ulgurgan, biroq milisioner qizning kiyimidan ushlab qolgan.

Katta serjant qizning bo‘ynidagi sirtmoqni payqab qolgan. U ko‘prik panjarasiga oyoqlarini tirab, hamkasblari yordamga kelgunigacha qizni ushlab turgan va pirovardida uch milisioner qizni qutqarganlar.

Joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan yosh ayolning shaxsi aniqlangan. U avval Chuy viloyatida, hozir esa Bishkekda istiqomat qiluvchi 19 yoshli juvon bo‘lib chiqqan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol bir necha oy avval turmush qurgan eri bilan janjallanib qolganidan so‘ng o‘z joniga qasd qilishga uringan.

Hodisa ayni paytda poytaxtning Birinchi may tuman IIBsi tomonidan o‘rganilmoqda. Qiz esa qarindoshlariga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!