IIV va UZCARD ogohlantirdi: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

IIV va UZCARD ogohlantirdi: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

IIV va UZCARD firibgarlardan ogohlantirdi.

"Plastik kartalardan foydalanish yanada xavfsiz va texnik jihatdan mukammal jarayonga aylanib bormoqda. Lekin firibgarlar taslim bo‘lmayapti: ular insonlarning ishonchlaridan va kartalarni ishlatishning asosiy qoidalarini bilmasliklaridan foydalanishmoqda .

Banklar va qonunni muhofaza qiluvchi organlar muntazam ravishda, pulidan ehtiyotsizlik oqibatida mahrum bo‘lgan fuqarolardan arizalarni qabul qilmoqlar. Firibgarlar qanday usullardan foydalanishlari va ularning tuzog‘iga qanday qilib tushmaslikni sizga tushuntirib o‘tamiz.

IIV va UZCARD ogohlantirdi: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

IIV va UZCARD ogohlantirdi: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

IIV va UZCARD ogohlantirdi: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

IIV va UZCARD ogohlantirdi: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

IIV va UZCARD ogohlantirdi: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

So‘nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari tez-tez quloqqa chalinmoqda, shu sababli sizlarni ham hushyorlikni oshirishga chaqirib qolamiz.

O‘zingizni firibgarlardan himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarimizga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz:

  • O‘z kartangiz PIN-kodini begonalarga aytmang;
  • Tekshirish uchun SMS tasdiq kodini hech kimga ko‘rsatmang;
  • Shubhali shaxslarga pul o‘tkazmang;
  • Ijtimoiy tarmoqlarga 16 xonali raqamlari ko‘rinib turgan kartangiz suratini joylashtirmang.

Uzcard yoki banklar karta raqamini, PIN-kodni yoki SMS bo‘yicha tasdiqlashni bilish uchun hech qachon mijozlarga qo‘ng‘iroq qilmaydi.

Firibgarlar turli narsalarni bahona qilib, o‘zlarini bank yoki Uzcard xodimlari bo‘lib tanishtirishlari mumkin. Ularning maqsadi — kartangizdan pullarni yechib olish. Agarda sizga bunday qo‘ng‘iroq kelib tushgan bo‘lsa, e’tibor bermang".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!