IIB: ikki kishi o‘ldirildi, bir ayol garovga olindi

IIB: ikki kishi o‘ldirildi, bir ayol garovga olindi

Issiqko‘lda ikki kishi o‘ldirildi va bir ayol garovga olindi.

Sputnik Qirg‘iziston nashrining yozishicha, “Xan-Tengri” oromgohi qorovuli Xitoy bilan yaqin bo‘lgan chegaradagi oshxonaga kirib, oromgoh boshlig‘i o‘rinbosari va ishchisini otib o‘ldirgan. Shundan so‘ng 48 yoshli ayolni garovga olib, hodisa joyidan g‘oyib bo‘lgan.

Hozirda gumon qilinuvchini qo‘lga olish va garovga olingan ayolni ozod qilish bo‘yicha maxsus operasiya o‘tkazilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!